» » Ro‘zadorning duosi rad etilmaydi

Ro‘zadorning duosi rad etilmaydi


Shunday ulug‘ kunlarda yana nimalar qila olishingiz mumkinligini o‘ylab, tafakkur qiling, albatta, sarmoyangiz juda ulug‘ bo‘ladi. Bu haqda “Muslim.uz” hikoya qilmoqda.

Biz xaqir sanagan ba’zi amallar Alloh nazdida yuqori bo‘lishi mumkin:

Qarindosh va tanishlarimiz bilan oramizda bo‘lgan gina-kuduratlarga chek qo‘yaylik;

Neki ezgulik qilmaylik, ikkilanishdan yiroq bo‘lsin;

Charchog‘ingiz sabab nafl ibodatlarga ojizlik qilayotgan bo‘lsangiz, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga behad ko‘p salovat ayting;

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Ro‘zadorning duosi rad etilmaydi” (Imom Ahmad rivoyati). Shuning uchun iftorlik paytida ko‘p-ko‘p xayrli duolarni qilishga shoshiling;

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqaning eng afzali Ramazonda berilgan sadaqadir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati). Kam miqdorda bo‘lsa ham Ramazon oyida baholu qudrat sadaqa qiling;

Bu oyning fazilati va ulug‘ligiga shubha qilmagan holda qilingan har bir amal Alloh huzuriga to‘siqlarsiz boradi, inshoalloh.

Taassufki, shunday voqealarni guvohi bo‘lyapmizki, ramazon oyi ham oddiy oylarga o‘xshab bormoqda. Ba’zida ro‘za kunlarida ko‘cha-kuyda quloqqa chalingan behayo so‘zlardan teringizning bir qavati shilinib tushadigandek, go‘yo.

Yana shu narsa ajablanarliki, ko‘plab yoshu-qarining “ro‘za tutishdan ko‘ra ‘men uzrliman’ fidya berib qo‘ya qolay, arzon ekan-ku?” degan gaplarini guvohi bo‘lyapmiz. Fidya qoidasi qodir bo‘la turib ro‘za tutmaganlar uchun emas. Ozgina nafsimizning qiyinchiligi deb, oxiratga sarmoya bo‘ladigan savobli amallardan osonlikcha yuz o‘girmaylik. Bu ulug‘ kunlar shukuhi va tarovati boshqa qaytib kelmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют