» » O‘zbekistonda haydovchilar uchun mobil dastur ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda haydovchilar uchun mobil dastur ishlab chiqiladi


O‘zbekistonda 2019-yil oxirigacha yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari va avtomobil yo‘llarining alohida qismlarida harakatning vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida axborot olish imkoniyatini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. Bu Vazirlar Mahkamasining 19-maydagi 2018—2022-yillar uchun Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan.

Foydalanuvchilar dastur orqali Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi va yo‘l infratuzilmasining ishdan chiqqanligi haqida ma’lumot yuborishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, uning yordamida YHQni buzganlik uchun jarimalar to‘lash mumkin bo‘ladi.

Joriy yilning kuzi oxirigacha yo‘l-patrul xizmati inspektorlarini ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash uchun mobil vositalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют