» » O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalari yengil va yuk mashinalariga kunduzgi yurish chiroqlaridan majburiy foydalanish talabi bilan to‘ldirildi

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalari yengil va yuk mashinalariga kunduzgi yurish chiroqlaridan majburiy foydalanish talabi bilan to‘ldirildi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 19-maydagi qarori bilan 2018?2022-yillarda mamlakatda Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Unga ko‘ra, Yo‘l harakati qoidalari yengil va yuk mashinalariga kunduzgi yurish chiroqlaridan majburiy foydalanish talabi bilan to‘ldirildi. Maqsad — kunning yorug‘ kunlarida harakatdagi transport vositalarini ko‘rish darajasini oshirishdan iborat bo‘lib, u BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining 2011-yilgi 87-qoidalari talabiga muvofiq keladi.

Shuningdek, zamonaviy xalqaro tajribani hisobga olgan holda yo‘l belgilarini yangilash, shu jumladan, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘ngga burilishga ruxsat beruvchi belgilar va yo‘l ishoralarini joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Yuqoridagi kabi o‘zgarishlarni joriy etish to‘g‘risidagi hukumat qarori yil oxirigacha qabul qilinishi zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют