» » Shodiyor Mamatqulov Toshkent hokimligiga o‘tib ketgan Qahramon Oripov o‘rniga bog‘cha vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Shodiyor Mamatqulov Toshkent hokimligiga o‘tib ketgan Qahramon Oripov o‘rniga bog‘cha vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Shodiyor Mamatqulov Maktabgacha ta’lim vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Vazirlik axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Mamatqulov 24-may kuni vazir Agrepina Shin rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda jamoaga tanishtirilgan.

Shodiyor Mamatqulov 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2011-yil esa Bank-moliya Akademiyasi magistraturasini tamomlagan.

U 2017-yili O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining davlat xaridlarini nazorat qilish bo’lim boshlig’i etib tayinlangan edi, keyinroq Loyihalar va import shartnomalarini ekspertizadan o’tkazish markazi texnik inshootlar boshqarmasi boshlig’i sifatida faoliyat yuritgan.

Maktabgacha ta’lim vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha avvalgi o‘rinbosari — Qahramon Oripov may oyida Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют