» » Gulchehra Yuldasheva o‘rniga Maqsudjon Yuldashev maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Gulchehra Yuldasheva o‘rniga Maqsudjon Yuldashev maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidentining 6-martdagi qaroriga asosan, Maqsudjon Yuldashev O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Vazirlik matbuot xizmatining axborotiga ko‘ra, Yuldashev 9-mart kuni vazirlik jamoasiga bosh vazir o‘rinbosari Qahramon Akmalov tomonidan tanishtirilgan.

Maqsudjon Yuldashev 1978-yilda tug‘ilgan. 1999-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavr bosqichini, 2002-yilda shu universitet magistraturasini, 2010-yilda esa Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yili “Ustoz” jamg‘armasi uslubchisi sifatida boshlab, 2003-yilga qadar shu jamg‘armada faoliyat ko‘rsatgan. 2003—2009-yillarda O‘zbekiston Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi iqtisodchisi va bosh hisobchisi, 2010—2012-yillarda Xalq ta’limi vazirligi Nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 2012—2016-yillarda Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti rektori, 2016—2017-yillarda Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i va 2017-yildan 2018-yilning 6-martiga qadar Prezident Devoni bosh konsultanti lavozimlarida ishlagan.

“Shu vaqtgacha maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Gulchehra Yuldasheva boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan, ushbu lavozimdan ozod etildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют