» » Fotogalereya: Yur yuzida uchraydigan eng noyob qushlar

Fotogalereya: Yur yuzida uchraydigan eng noyob qushlar


Yer sharida qushlarning 10 mingdan ortiq turi uchraydi. Ularning aksariyati insonlar nazarida patli jonzot sifati shakllangan. TravelAsk o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ertaklardagi qahramonlarni yoki qadimiy geologik davrni yodga soluvchi noyob qushlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Shoxdor abissin qarg‘asi

Ushbu qush yakkashox-qushlar oilasiga mansub hisoblanib, u o‘zining noodatiy tumshug‘i bilan mashhur. U Afrika hududidagi savanna va yarim sahrolarda yashaydi.

Ko‘zoynakli gaga

O‘rdaksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan ushbu qush Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlarida istiqomat qiladi. Erkaklarining patlari yorqin, urg‘ochilariniki esa jigarrang, biroq ikkisi ham noodatiy tumshuqqa ega.

Dubulg‘asimon kazuar

Boshida dubulg‘asi bor ushbu qush Yangi Gvineya va unga yaqin bo‘lgan hududlarda yashaydi. Uning bo‘yi 1,7 metrni teng, oyoqlari baquvvat, biroq ucha olmaydi.

Mavrak qur

Mavrak qurning erkaklarini ko‘kragida g‘aroyib qopcha mavjud. Uning yordamida qush urchish vaqtida baland ovoz chiqaradi. Mazkur qushlar oilasi Shimoliy Amerika hududlarida istiqomat qiladi.

Yelpig‘ichsimon tojdor kaptar

Yangi Gvineya orolida nafis patlarga ega tojdor kaptarlar uchraydi. O‘lchami 60—70 santimetrni tashkil etadigan ushbu qushlar o‘simliklar mevasi va urug‘lari bilan oziqlanadi.

Balaeniceps (Kitsimon boshli qush)

Ushbu g‘ayrioddiy qushlar laylaksimonlar oilasiga mansub bo‘lsa-da, o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan dinozavrlar davrini yodga soladi. Suratda tasvirlangan qushlar Markaziy Afrika hududida uchraydi. Qanotlarining kengligi 2 metrni, bo‘yining balandligi 1,2 metrni tashkil etadi. Ular mayda baliqlar, qurbaqa va ilonlar bilan oziqlanadi.

Ekvadorning soyabonsimon qushi

Mazkur qushlar Kolumbiya va Ekvadordagi namligi yuqori o‘rmonlarda yashaydi va ularning erkaklarini ko‘kragida patlar bilan qoplangan noodatiy o‘simta mavjud. “Sirg‘a” deb ataluvchi ushbu o‘simtaning uzunligi 35 santimetrga yetadi.

Hindiston kalaosi

Mazkur yakkashox-qushning o‘lchamlari 1,5 metrga yetadi. Hindistonda uchraydigan kalaolar Janubi-Sharqiy Osiyodagi tropik o‘rmonlarda yashaydi va daraxtlar mevasi bilan oziqlanadi.

Ko‘k oyoqli olusha

Boshqa qushlardan o‘zining ko‘k rangli oyoqlari bilan ajralib turuvchi ushbu qushlar Galapagos orollari va Tinch okeanining Amerika qit’asi yaqinidagi qirg‘oqlarida yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют