» » Yangi Zelandiyada dunyodagi eng yolg‘iz qush o‘ldi

Yangi Zelandiyada dunyodagi eng yolg‘iz qush o‘ldi


Yangi Zelandiyaning Mana orolida so‘nggi 40 yil ichida Vellington yaqinida yashagan Nayjel laqabli dengiz qushi — bu turdagi birinchi qush o‘ldi. Qushning jasadini odam istiqomat qilmaydigan orolda Saqlash departamenti xodimi Kriss Bell topgan. Qush qanday yashagan bo‘lsa, shunday vafot etdi: beton qushlar orasida, deb yozadi TJournal.

Gap shundaki, Mana orolida betondan yasalgan 80 ta dengiz qushi o‘rnatilgan. Mahalliy tabiatni muhofaza qilish xizmati shu tariqa haqiqiy qushlarning e’tiborini tortish va sun’iy populyatsiya yaratishga uringan. Haykallarda quyosh batareyalarida ishlovchi va qushlarning ovozini chiqaruvchi qurilmalar ham o‘rnatilgan.

Nayjel orolga 2013-yilda uchib kelgan. Biroz vaqtdan so‘ng xodimlar qush orolning sharqiy qirg‘ogidagi haykallardan biriga g‘amxo‘rlik qilayotganini payqagan.

Nayjelning o‘limidan bir necha hafta oldin Managa boshqa dengiz qushlari ham uchib kelgan va orolning boshqa tomonida yashay boshlagan. Biroq Nayjel ular bilan do‘stlashishga ulgurmagan, ulardan uzoqlashgan holda bor e’tiborini beton haykallarga qaratishda davom etgan.

Departament xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Nayjel o‘lgan bo‘lsa ham, u o‘zining asosiy vazifasini bajara oldi, ya‘ni orolga qushlarni jalb qila oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют