» » Kiprdagi Britaniya bazasida millionga yaqin qush o‘ldirilgan

Kiprdagi Britaniya bazasida millionga yaqin qush o‘ldirilgan


Kiprdagi Britaniya harbiy bazasi o‘z hududida katta miqdordagi sayroqi qushlarning yo‘q qilinishiga to‘sqinlik qila olmaslikda ayblandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Olimlarning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2016-yilda Kiprda 1,7 millionga yaqin qush o‘ldirilgan. 100 kvadrat kilometrga yaqin maydonni egallagan Britaniya harbiy bazasida 800 mingga yaqin parranda o‘ldirilgan.

Britaniya qushlarni himoya qilish qirollik jamiyati va Birdlife Cyprus tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, Afrika, Yevropa va Osiyodan uchib keluvchi qushlarning deyarli yarmi Kiprda joylashgan Pila burni orqali ko‘chadi.

Aynan shu yerda brakonyerlar eng ko‘p qush ovlaydi. Keyin ular qora bozorda bir yevrodan sotiladi va tansiq taomlar tayyorlash uchun foydalaniladi. Brakonyerlar akatsiya butalari orasiga yupqa, deyarli ko‘rinmaydigan to‘r tortib chiqishi va bitta shunday to‘rga 400 ga yaqin qush tushishi mumkinligi ma’lum qilinmoqda.

Britaniyalik harbiy olimlar o‘z bazasi hududini akatsiya butalaridan tozalamayotgani uchun ayblanmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют