» » Britaniya bosh vaziri Shotlandiya Yevroittifoqning bir qismiga aylanishiga ishonmaydi

Britaniya bosh vaziri Shotlandiya Yevroittifoqning bir qismiga aylanishiga ishonmaydi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanishiga ishonmasligini ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Yevroittifoqdan chiqish rejasiga bag‘ishlangan Britaniya parlamentidagi eshituvlar chog‘ida Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi Angus Robertson bosh vazirdan Britaniya hukumati hali ham Shotlandiya parlamentining fikrini hisobga olmay ittifoqni tark etmoqchi-yo‘qmi, deb so‘radi.

“Biz Shotlandiya hukumati bilan yaqin hamkorlikda ishlayapmiz. Oliy sud qarorida Shotlandiya parlamentida Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish haqidagi moddani kuchga kiritishiga taqiq qo‘yish huquqi yo‘qligi aniq bildirilgan. Yevroittifoqda mustaqil Shotlandiya bo‘lmaydi”, — deya javob berdi Tereza Mey.

Ma’lumot uchun, Shotlandiya parlamenti 7-fevralda ramziy, yuridik kuchga ega bo‘lmagan so‘rov o‘tkazdi va Tereza Mey hukumatining Yevroittifoqdan chiqish rejasini rad etdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют