» » O‘zbekiston TIV Rossiyaga safar qiluvchilarni ogohlantiradi: JCh—2018 ga mezbonlik qiluvchi shaharlarda chet ellik fuqarolarni ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston TIV Rossiyaga safar qiluvchilarni ogohlantiradi: JCh—2018 ga mezbonlik qiluvchi shaharlarda chet ellik fuqarolarni ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi


Rossiya prezidentining 2018-yil 12-maydagi qaroriga muvofiq, futbol bo‘yicha Jahon chempionati munosabati bilan 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari ro‘yxatga olish tartibiga yana bir o‘zgartirish kiritildi: ilgari 2018-yil 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda chempionat o‘tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo‘linmalarida (IIB) ro‘yxat turishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, endilikda IIB yoki “Mening hujjatlarim” (“Moi dokumenti”) ko‘p funksiyali markazlarida (KFM) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat’i nazar barcha xorijliklarga taalluqlidir. Ushbu tartib faqat futbol bo‘yicha 2018-yilgi Jahon chempionati o‘yinlari bo‘ladigan 11 ta shahri — Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Qozon va Yekaterinburgga borishdagina amal qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют