» » Mushtumzo‘r xotin, YPX xodimini bosib ketgan payariqlik “Damas”chi, samolyot urib tushirishda rasman ayblangan Rossiya va kunning boshqa muhim xabarlari

Mushtumzo‘r xotin, YPX xodimini bosib ketgan payariqlik “Damas”chi, samolyot urib tushirishda rasman ayblangan Rossiya va kunning boshqa muhim xabarlari


25-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. “Rossiya uchun yolg‘on gapirishni to‘xtatadigan vaqt keldi”. AQSh MH17 reysi halokati bo‘yicha tekshiruv xulosalarini qo‘llab-quvvatladi. Niderlandiya va Avstraliya MH17 reysining halokatida Rossiyani aybladi.

2. Rossiyalik Yevgeniy Birger “O‘zbekiston pochtasi” direktori etib tayinlandi. U haqda internetda juda ziddiyatli fikrlar qoldirilgan. Asosiy ziddiyat, albatta, u uzoq vaqt hech maqtalmaydigan “Rossiya pochtasi” kompaniyasida ishlaganidir.

3. Samarqandda Damas haydovchisi YPX xodimini urib ketdi. YPX xodimi vafot etdi. Xabar berishlaricha, yo‘l nazoratchisi Damas haydovchisi rulda telefonda gaplashib kelayotgani uchun to‘xtatmoqchi bo‘lgan.

4. Andijonning Baliqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi. U asli Baliqchidan. Eng qizig‘i, uning otasi ham Baliqchida hokimlik qilgan. Shunday qilib, hokimning o‘g‘li hokim bo‘ldi.

5. Toshkentda 16 yil farzand kutgan bir oila birvarakayiga uch o‘g‘illik bo‘ldi. Bu haqda Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” masjidida o‘qilgan juma namozidan so‘ng ma’lum qilingan.

6. “Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish”. O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari “hayratlanarli ish” haqida gapirdi. Avvalroq, 8-mart kuni Qashqadaryoda 18 yoshli kelinchak erini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют