» » “Paxtakor” Bezerraning goli evaziga“Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Neftchi” esa o‘z maydonida yana yutqazdi

“Paxtakor” Bezerraning goli evaziga“Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Neftchi” esa o‘z maydonida yana yutqazdi


Bugun, 25-may sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 13-tur bahslari boshlandi.

Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgandi. Ulardan biri Farg‘onada, biri Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada “Neftchi” Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo‘limning 3-daqiqasida Shohruz Norxonov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Oybek Nurmatov o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Toshkentda “Paxtakor” turning markaziy o‘yinida poytaxtning yana bir jamoasi bo‘lmish “Bunyodkor”ni qabul qildi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Bahrom Abdurahimovning uzatmasini “sherlar”ning braziliyalik legioneri Tiago Bezerra darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa “Paxtakor” chempionatdagi peshqadamligini mustahkamlab oldi.

Ertaga 13-tur bahslari davom ettiriladi.

Pepsi Superligasi

13-tur bellashuvlari

25-may, juma

Gollar: 0:1 — 3 Shohruz Norxonov. 0:2 — 56 Oybek Nurmatov. 

“Neftchi”: Vitaliy Mirniy, Shukurali Po‘latov, Abbos Maxstaliyev (Islombek Karimov, 67), Abrorbek Ismoilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Alisher Samatov, Avaz Agaliyev (Husniddin G‘ofurov, 79), Xurshidbek Asqaraliyev (Abdul Aziz Yusupov, 61), Dostonbek Tursunov

“So‘g‘diyona”: Dilshod Hamroyev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov, Doniyor Hasanov (Nurillo To‘xtasinov, 70), Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 88), Tohir Shamsiddinov, Oybek Nurmatov (Izzat Abdullayev, 76), Ruslan Melziddinov

Ogohlantirishlar: Dilshod Hamroyev 71, Abdurahmon Abdulhaqov 83.

Gol: 1:0 — 6 Tiago Bezerra.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Marko Simich (s), Sherzod A’zamov, Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Azimjon Ahmedov, 87), Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Rustam Ashurmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Javlon Ibrohimov (s), Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 67), Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 85), Sardor Sobirxo‘jayev, Filip Rayevats (Shahzodbek Nurmatov, 67)

Ogohlantirishlar: Anvar G‘ofurov 35, Akrom Komilov 38, Javlon Ibrohimov 42.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют