» » Respublika “Kitob bayrami”da yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

Respublika “Kitob bayrami”da yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi


Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida tashkil etilgan respublika “Kitob bayrami” barchaga manzur bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bayramona tadbirda yangi kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi. Ular Cho‘lpon nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi tomonidan taqdim etilgan Nabi Jaloliddinnning “Tegirmon” va Abdumajid Azimning “Qadr kechasi” kitoblari bo‘ldi.

Shuningdek, “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tomonidan chop etilgan Iqbol Mirzoning “Zarb” va Ulug‘bek Hamdamning “Eski dunyo va yangi men” kitoblarining ham taqdimotlari o‘tkazildi. Mazkur asarlar kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi.

Taqdimotda so‘z olgan kitob mualliflari ijod namunasining yaratilish jarayoni, syujeti, asosiy g‘oyasi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Dastur so‘nggida mualliflar kitobxonlar bilan qizg‘in suhbat qurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют