» » Tojikistonlik jurnalistga “Oltin qalam” xalqaro tanlovining diplomi topshirildi

Tojikistonlik jurnalistga “Oltin qalam” xalqaro tanlovining diplomi topshirildi


O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Ergash Shoismatov “Aziya Plyus” axborot agentligi muxbiri Avaz Yo‘ldoshevga jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi g‘olibi diplomini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Marosim Tojikiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, xususan “Tojikiston” telekanalining o‘zbek tilidagi “Axbor” dasturida Avaz Yo‘ldoshev bilan intervyu ko‘rsatildi.

Shuningdek, jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov hakamlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun jo‘natilgan turli yo‘nalishlardagi o‘nlab ishlar ichidan eng yaxshilari tanlab olinib, 2018-yil 3-may kuni “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi g‘oliblari sifatida Turkiyaning TRT teleradiokompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Osman Go‘kmen, Italiyaning mustaqil jurnalisti Mikaela Zukkoni va Qirg‘izistonning “Kabar” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Kurbanov ham e’tirof etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют