» » Tonal vositani qo‘llashdagi xatolar

Tonal vositani qo‘llashdagi xatolar


Teriga yaxshilab surilgan tonal krem umuman sezilmaydi. Agar bu vosita noto‘g‘ri qo‘llanilsa, darrov bilinib qoladi.

Bu maqolada biz tonal vositadan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan ba’zi xatolar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Yuz va bo‘yinning har xil rangda bo‘lishi

Yuz va bo‘yin ranglarining farqi darrov ko‘zga tashlanadi. Tonal vositani qo‘lga emas balki yuzning jag‘ qismiga surib ko‘rib tanlagan ma’qul.

Terining kengaygan teshikchalari

Teridagi bu kamchilikni yashirish va makiyaj ideal bo‘lishi uchun tonal kremni yumshoq sponj (maxsus gubka) yordamida surish tavsiya qilinadi.

Tonal kremni noto‘g‘ri tanlash

Shuni har doim esda tutingki, tonal vositani tanlashdan oldin albatta teringizning turini aniqlang va unga mos keluvchi vositani oling.

Konsiler (korrektor) dog‘lari

Tonal vosita mos tushsa ham konsiler mos tushmaslik hollari ham uchrab turadi. Bunday vaziyatda qancha uringaningiz bilan o‘zingiz xohlagan natijaga erisha olmaysiz.

Sochdagi krem

Ehtiyotsizlik oqibatida kremni yuz chekkasidagi sochlarga ham surib yuborgan va buni o‘zingiz ham payqamagan bo‘lishingiz mumkin. Bu albatta atrofdagilarga ko‘rinib turadi. Shuning uchun tonal vositani diqqat va e’tibor bilan surish lozim.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 14) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют