» » “Bosh qahramon aniq emas”. Imom Iso at-Termiziy haqidagi filmning suratga olish ishlari boshlandi

“Bosh qahramon aniq emas”. Imom Iso at-Termiziy haqidagi filmning suratga olish ishlari boshlandi


“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga asosan rejissor Abduxalil Mingnorov Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi filmni suratga olish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda rejissor jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

Filmda Imom Iso at-Termiziyning bolaligi, o‘rta yoshligi va keksaligi hikoya qilinadi. Shuningdek, fimda Imom Buxoriy bilan Imom Iso at-Termiziyning uchrashgani haqida ham alohida epizod kiritganmiz.

Imom Iso at-Termiziyning yoshligini kim o‘ynashi aniq bo‘ldi, ammo hozircha o‘rta yoshligi hamda keksalik chog‘ini qaysi aktyorlar ijro etishi haqida aniq ma’lumot bera olmayman. Ayni vaqtlarda ham kasting ishlari davom etmoqda.

Filmning asosiy voqealari Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda suratga olinadi. Filmni suratga olish uchun sivilizatsiya kirib bormagan hudud kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus dekoratsiya qurish, yo bo‘lmasa Qozog‘iston va Isfaradagi mavjud dekoratsiyalardan foydalanishimiz kerak.

Filmning suratga olish ishlari qachon tugashi va premyerasi haqida ham hozircha aniq ma’lumot bera olmayman.

Abduxalil Mingnorov, rejissor

Ma’lumot uchun, Imom Iso at-Termiziy haqidagi filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari 2018-yilning fevral oyidan boshlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют