» » OAV Rossiyaning Su-57 va Xitoyning J-20 qiruvchi samolyotlarini taqqosladi

OAV Rossiyaning Su-57 va Xitoyning J-20 qiruvchi samolyotlarini taqqosladi


Rossiya va Xitoy Su-57 va J-20 yangi avlod qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarishda turli yondashuvlarni qo‘llamoqda. Bu haqda The National Interest nashri ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Rossiya ishlanmasi birinchi bosqich AL-41F1 dvigateli bilan jihozlanganligiga qaramay, ko‘proq manyovr qila olishi bilan farqlanishi ta’kidlanadi.

Bundan tashqari, Xitoy samolyoti tezlik tavsifi bo‘yicha ham Rossiya samolyotidan ortda qoladi. Nashr J-20 ni ishlab chiqarishda Rossiyaning “Salyut” AL-31 FN dvigateli qo‘llanilganligini taxmin qilmoqda.

O‘z navbatida, J-20 Rossiya qiruvchi samolyotidan ko‘ra ko‘proq yashirina olishi bilan farqlanadi.

The National Interest’ning qayd etishicha, Rossiya va Xitoy qiruvchi samolyotlari dastlab turli vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. J-20 zarba berish samolyoti sifatida yaratilgan bo‘lsa, Rossiya Su-57 samolyoti Amerika qiruvchi samolyotlarini ta’qib etish uchun yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют