» » Saloh 2 haftada safga qaytadi va Jahon Chempionatida ishtirok eta oladi

Saloh 2 haftada safga qaytadi va Jahon Chempionatida ishtirok eta oladi


Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Real”ga qarshi kechgan o‘yinning 31-daqiqasida yelkasidagi jarohat saba maydonni tark etgan “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Jahon Chempionatiga bora oladi, deb yozadi “Sports.ru”.

Avvalroq Salohning jarohati jiddiyligi va shu boisdan Rossiyadagi mundialni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar berilgandi?.

Misr Sport vaziri Xolid Abdulaziz Facebook’dagi rasmiy sahifasida Salohning jarohatdan tiklanishi uchun 2 hafta kerak bo‘lishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Salohga o‘ng yelkasidagi bo‘g‘imlarda shikastlanish tashxisi qo‘yilgan. Ayni damda Saloh shifoxonada, u bu yerda davolanishning birinchi bosqichini o‘tkazadi, 2 haftadan so‘ng terma jamoaga qo‘shiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra hujumchi bilan ro‘y bergan holat terma jamoaning Jahon Chempionati uchun bergan yakuniy tarkibiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ma’lumot uchun Misr terma jamoasi Rossiyada o‘tadigan Jahon Chempionatining  A guruhida mezbon Rossiya termasi, shuningdek, Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют