» » Tarixda ilk marta xalqaro kapital bozorida so‘mdagi qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiya o‘tkazildi

Tarixda ilk marta xalqaro kapital bozorida so‘mdagi qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiya o‘tkazildi


18-may kuni London fond birjasida SamarkandBonds deb nomlanuvchi o‘zbek so‘mlarida qiymati belgilangan xalqaro moliya korporatsiyasi obligatsiyalari joylashtirildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Qimmatbaho qog‘ozlarning umumiy qiymati 80 milliard so‘mga teng. To‘lov muddati 2 yilni tashkil etadi. Kupon stavkasi yillik 9,5 foizga teng.

“Xalqaro moliya korporatsiyasi so‘nggi yillarda o‘z loyihalari amalga oshiriladigan mamlakatlarning milliy valyutalarida chiqarishni sinovdan o‘tkazmoqda.

Korporatsiyaning yuqori kredit reytingi sabab ushbu qimmatbaho qog‘ozlar xalqaro kapital bozoridagi xorijiy investorlar o‘rtasida muvaffaqiyatli qabul qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ushbu faoliyat doirasida obligatsiyalarni sotish bo‘yicha kelishuv aktivlarni boshqarish bo‘yicha uchta Yevropa kompaniyalari tomonidan imzolandi. Kelishuvlarni tashkil etishni ING Capital Markets brokerlik kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan.

Ushbu obligatsiyalar shartlari bo‘yicha ma’lumotlar Bloomberg axborot agentligining terminaliga joylashtirilgan.

“Savdodan tushgan pullar O‘zbekistondagi kichik biznes loyihalarini rivojlantirish uchun milliy valyutadagi kredit tarmog‘ini ochishga yo‘naltiriladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют