» » O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish bo‘yicha ishlar boshlandi

O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish bo‘yicha ishlar boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “Davlat qimmatli qog‘ozlar bozori investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbasi sifatida” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Bunda, ayniqsa, davlatning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish katta ahamiyatga ega, deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, Moliya vazirligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga qaratilgan davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarishni rejalashtirgan.

1996—2011-yillarda O‘zbekistonda umumiy qiymati 803,1 milliard so‘mlik, yillik o‘rtacha qiymati 50 milliard so‘m bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilgan. 2011-yil hukumat qarori bilan davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va oldin muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilgan.

Anjumanda nafaqat ichki davlat qimmatli qog‘ozlari, balki jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan obligatsiyalarni muomalaga chiqarish masalasi ham o‘rganib chiqilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

– Milliy iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirish faol investitsiya siyosatini yurgizish bilan chambarchas bog‘liq, – dedi “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri Botir Mamarahimov. – Mamlakatimizda davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalaga chiqarilishi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish barobarida yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, davlat budjetini yanada mustahkamlash va shu orqali mamlakatimiz hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 106) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют