» » O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri 15 trillion so‘mlik yangi dastur haqida ma’lum qildi

O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri 15 trillion so‘mlik yangi dastur haqida ma’lum qildi


O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev mamlakatda besh yillik “Obod mahalla” dasturi qabul qilinishi, u shaharlarning qiyofasini o‘zgartirishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Yaqin kunlar ichida yangi dasturni ko‘rasizlar. U ‘Obod mahalla’ deb ataladi”, — dedi Xo‘jayev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferensiyada.

Vazir dasturga xarajatlar 12—15 trillion so‘mga baholanayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Dastur mamlakat sanoat ishlab chiqarishining qariyb 54 foizini tashkil etayotgan asosiy 30 shaharning “tashqi qiyofasini yangilash”ga qaratilgan.

“Qabul qilinadigan tadbirlar aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak”, — dedi Xo‘jayev.

O‘zbekistonda “Obod qishloq” nomi ostida shu kabi dastur amalga oshirilmoqda. U uzoq aholi punktlaridagi hayot sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Masalan, 2018-yilda mamlakatning 174 ta tumanidagi 368 mahalla hududini kompleks yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют