» » “Xalq yaxshi yashashi kerak”. 2020-yilgacha O‘zbekiston aholisi daromadlari darajasi keskin oshiriladi

“Xalq yaxshi yashashi kerak”. 2020-yilgacha O‘zbekiston aholisi daromadlari darajasi keskin oshiriladi


O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev aholining daromadlari darajasini oshirish uchun davlat qanday choralar ko‘rishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“Xalq yaxshi yashashi kerak, biroq buning uchun bizda yaxshi ishlab chiqarish quvvatlari bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni, yanada ko‘proq mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi kerak. Bularning bari bir-biriga chambarchas bog‘liq”, — dedi Mirzayev.

Uning qayd etishicha, asosiy maqsad — 2020-yilgacha aholi daromadlari darajasini sezilarli oshirish.

“Buning uchun ishlab chiqarish hajmi oshishi kerak. Biz, shuningdek, uchta asosiy muammoni yechishimiz kerak: yoqilg‘i taqchilligi muammosini hal qilishimiz, elektr va gaz ta’minoti uzluksizligini, respublikaning eng olis tumanlari-da ham, ta’minlashimiz kerak. Bu mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga imkon beradi”, — dedi Mubin Mirzayev.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, 2018-yilning birinchi yarmida mazkur masalalarni hal etish yo‘llarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют