» » Balotelli gol urgan o‘yinda Saudiya Arabistoni Italiyaga yutqazdi, Eron esa Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi, Janubiy Koreyada g‘alaba

Balotelli gol urgan o‘yinda Saudiya Arabistoni Italiyaga yutqazdi, Eron esa Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi, Janubiy Koreyada g‘alaba


Kecha, 28-may sanasida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Jahon Chempionatida Osiyo qit’asini sharafini himoya qiluvchi Janubiy Koreya Honduras termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron milliy terma jamoasi esa Turkiyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jenk Tosunning ikki goliga eronliklar faqatgina bir marta — 90-daqiqada Ashkan Dejaganing penaltidan kiritgan goli bilan javob qaytardi, xolos.

Osiyo qit’asi nomidan mundialda ishtirok etadigan yana bir terma jamoa — Saudiya Arabistoni esa yaqindagina yangi bosh murabbiy — Roberto Manchini qo‘li ostiga o‘tgan Italiya terma jamoasiga qarshi kurash olib borib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, gollardan biri uzoq yillik tanaffusdan so‘ng termaga qaytgan Mario Balotelli tomonidan urildi.

Ma’lumot uchun FIFA kunlari doirasida 7-iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

28-may, dushanba

Gollar: 1:0 – 60 Son Xyon Min, 2:0 – 72 Mun Son Min.

Gollar: 1:0 – 6 Tosun, 2:0 – 50 Tosun, 2:1 – 90, penalti Dejaga.

Gollar: 1:0 – 22 Andre Silva, 2:0 – 34 Joau Mariu, 2:1 – 39 Badri, 2:2 – 64 Ben-Yussef.

Gollar: 1:0 – 21 Balotelli, 2:0 – 68 Belotti, 2:1 – 72 Al Shahriy.

29-may, seshanba

Gollar: 1:0 – 40 Jiru, 2:0 – 43 Fekir.

Gollar: 1:0 – 37 Simmerman, 2:0 – 52 Sarjent, 3:0 – 59 Vea.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют