» » Isroil rossiyalik oligarx Roman Abramovichga o‘z fuqaroligini berganini tasdiqladi

Isroil rossiyalik oligarx Roman Abramovichga o‘z fuqaroligini berganini tasdiqladi


Isroil ichki ishlar vazirligi rossiyalik oligarx Roman Abramovich Isroilga ko‘chib kelayotganini tasdiqladi, deb yozadi “Korrespondent.net” The Times of Israel gazetasiga tayanib.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 51 yoshli Abramovich 28-may kuni ertalab Tel-Avivdagi Ben-Gurion nomidagi aeroportga qo‘ngan va repatriatsiya (asirlar, qochoqlar va ko‘chirma bo‘lganlarning o‘z vataniga qaytishi) to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, shaxsiy guvohnomaga ega bo‘lgan. Ushbu qonunga ko‘ra, yahudiylar Isroil fuqarosiga aylanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Abramovich Isroil fuqaroligini olish uchun arizani o‘tgan hafta topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Abramovich Buyuk Britaniya vizasini olishda qiyinchiliklarga duch kelganidan so‘ng bu qarorga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют