» » Venesuelada avtobusning jarga qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Venesuelada avtobusning jarga qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi


28-may, dushanba kuni Venesuelaning Merida shtatida avtobusning jarga qulashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi. Bu haqda El Nacional’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus ag‘darilib ketganidan keyin jarga qulagan. Halokat vaqtida avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan. Jarohat olganlar kasalxonalarga yotqizilgan. Ulardan ayrimlarining ahvoli o‘ta og‘ir deya baholanmoqda. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Avvalroq, Ugandada avtobus, traktor va sisterna to‘qnashuvi oqibatida 40 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют