» » Hindistonda avtobusning daryoga qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda avtobusning daryoga qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi


Hindiston janubi-sharqidagi Andxra-Pradesh shtatida avtobusning daryoga qulashi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Ma’lum qilinishicha, avtobus Vidjayavada shahri yaqindagi ko‘prikdan o‘tayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Mashina pastga qulash davomida qattiq shikastlangan. Qutqaruvchilar jabrlanganlarni chiqarib olish uchun gazli kesuvchi asboblardan foydalangan. Yaralanganlardan o‘n nafarining ahvoli og‘ir.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga avtobus haydovchisining boshqaruv davomida uxlab qolganligi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют