» » OAV: Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinmoqda. Uning o‘zi esa statsionarga tushib qoldi

OAV: Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinmoqda. Uning o‘zi esa statsionarga tushib qoldi


Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Qodir Parpiyev ishdan olingan. Bu haqda “Kun.uz” nashri o‘z manbasiga asoslanib xabar berdi. Qodir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Parpiyevning ukasi hisoblanadi.

Shuningdek, manba xabariga ko‘ra, Andijon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Parpiyev ham ishdan olingan. U Botir Parpiyevning jiyanidir.

Bundan tashqari, Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Anvar Parpiyev lavozimidan ozod qilingan. U Botir Parpiyevning ukasi Qodir Parpiyevning o‘g‘li hisoblanadi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyat filialining boshqaruvchisi Zafar Parpiyev ham ishdan ketgan. Uning ham Botir Parpiyevga qarindoshligi aytiladi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Parpiyev lavozimidan olingan. U Botir Parpiyevning o‘g‘lidir.

“Xabar.uz” nashrining ma’lum qilishicha, Botir Parpiyev ayni vaqtda davlat statsionariga tushib qolgan.

“Shavkat Mirziyoyev Andijondagi selektor yig‘ilishida viloyatning yarmini xususiylashtirib olgan odam hammasini qaytaradi, deb aytgan edi. Shundan so‘ng Parpiyevning sog‘lig‘i yomonlashgan”, deyiladi xabarda.

Botir Parpiyev 1946-yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tug‘ilgan. 1992—1996-yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996—1998-yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998—2002-yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002-yilning iyun oyidan dekabr oyigacha – O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002—2004 – O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan, 2003-yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyev joriy yilning 11-may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olingandi. U boshqa ishga o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, endilikda Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlaydi.

Bundan tashqari, 19-may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют