» » OAV: Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgani haqidagi xabarlar — mutlaqo yolg‘on

OAV: Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgani haqidagi xabarlar — mutlaqo yolg‘on


O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) raisi Botir Parpiyev o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgani haqidagi xabarlar rad etildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, bir qator mahalliy va xorijiy internet-nashrlarda DSQ raisi Botir Parpiyev o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgani haqida xabarlar tarqalgan.

“Xabar.uz” tahririyati bu gap-so‘zlarga aniqlik kiritish maqsadida, DSQ axborot xizmatiga murojaat qilgan.

U yerdan ma’lum qilishlaricha, bu kabi xabarlar mutlaqo yolg‘on va hech qanday asosga ega emas. Hozirda soliq tizimida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Botir Parpiyevning salomatligi ham yaxshi, u oldingidan-da ko‘proq g‘ayrat bilan mehnat qilayotgani aytildi.

“Xabar.uz”da e’lon qilingan xabardan iqtibos

Toshkent vaqti bilan 29-dekabr, soat 16:35 holatiga ko‘ra, qo‘mita axborot xizmati o‘z rasmiy saytida bu mavzu yuzasidan biror axborot bermagan edi.

Ma’lumot uchun, 71 yoshli Botir Parpiyev 2004-yil fevralidan beri O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisidir. U bungacha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari (1998—2002-yillarda), favqulodda vaziyatlar vaziri (2002), Davlat bojxona qo‘mitasi raisi (2002—2004) lavozimlarida ishlagan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют