» » Farg‘onada 64 nafar tadbirkorning hal etilmay kelayotgan masalalari bir kunda hal etildi

Farg‘onada 64 nafar tadbirkorning hal etilmay kelayotgan masalalari bir kunda hal etildi


Joriy yilning 12-may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ular bilan birma-bir suhbatlashgan holda faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalarning hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, 64 nafar tadbirkorning bugungi kungacha hal etilmasdan qolayotgan kredit mablag‘larini olish, zarur texnologik asbob-uskunalar xarid qilish uchun mablag‘larini konvertatsiya qilish, uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish, bo‘sh turgan bino-inshootlarni foydalanish uchun ajratish hamda shu kabi boshqa muammoli masalalari o‘rganilib, ularning aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi, ayrimlarining yechimini qisqa muddatlarda ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tuzilmalarga ko‘rsatmalar berildi.

Ana shunday uchrashuvlarning birida Toshloq tumanidagi “Chorvador Jo‘raboy Fayz” fermer xo‘jaligi rahbarining 250 million so‘m kredit ajratish to‘g‘risidagi masalasi uchrashuv davomida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, Yozyovon tumanidagi “Yozyovon Marvarid” MChJ rahbarining Osiyo taraqqiyot bankidan 100 ming AQSh dollari miqdorida kredit olish bo‘yicha murojaati ham Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati bilan (telefon orqali) bog‘lanib, shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalar tegishli tartibda yozib olinib, ularning aniq ijrochisi va muddati belgilangan nazorat rejasi ishlab chiqilib, bajarilishi nazoratga olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют