» » Toshkentda BankExpo – 2017 milliy ko‘rgazmasi boshlandi

Toshkentda BankExpo – 2017 milliy ko‘rgazmasi boshlandi


“O‘zko‘rgazmasavdo” markazida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari BankExpo – 2017 X milliy ko‘rgazmasi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, parlament quyi palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitalari, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlar assotsiatsiyasi, Banklar assotsiatsiyasi hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

“Xalqni tadbirkor qilish” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy ko‘rgazmada mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari, yetakchi sug‘urta, lizing, axborot texnologiyalari kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Hunarmand” uyushmasi singari kichik biznes subyektlari, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bank tizimi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, tadbirkor ayollar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bank xizmatlari haqida ma’lumot va tavsiyalar berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ko‘rgazmada bank-moliya sektorining an’anaviy ishtirokchilari bilan bir qatorda yangi moliya muassasalari ham qatnashmoqda. Ulardan biri, 2016-yilning noyabr oyidan Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan “Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos rejaga ega.

Tadbir davomida tijorat banklari tomonidan chekka va aholi zich joylashgan tumanlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqarish mikrofirmalari, dehqon-fermerlar, yosh tadbirkorlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari aniqlandi. Ularga imtiyozli kredit ajratish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Ko‘rgazmada tijorat banklari, vazirlik va idoralar mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sohaga tatbiq qilinayotgan imtiyoz va preferensiyalar, tadbirkorlikning yangi turlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari, seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют