» » “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Tokiodagi malaka oshirish kursida ishtirok etdi

“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Tokiodagi malaka oshirish kursida ishtirok etdi


“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan “Biznes rahbarlari malakasini oshirish” dasturi bo‘yicha Tokio shahrida malaka oshirish kursida ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Yaponiyada o‘n kun davomida o‘tkazilgan seminarlar har tomonlama natijadorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka darslarida Yaponiyaning konsalting, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislari tomonidan amaliy marketingni joriy etish, chakana savdo hajmini oshirish, muammolarni aniqlash va hal etish usullari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida “O‘zbekinvest” kompaniyasi faoliyatiga doir taqdimot ham Yaponiya sug‘urta bozori vakillarida unutilmas taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, malaka oshirish kursi ishtirokchilari FANCL, TANITA va Cocokara Fine kompaniyalari ish tajribasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkonyatiga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют