» » Aziz Eshbekov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Aziz Eshbekov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi


Bosh prokurorining 2018-yil 24-maydagi buyrug‘i bilan Aziz Eshbekov O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Aziz Eshbekov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini O‘zbekiston Prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar bo‘yicha ekspertlar guruhida boshlab, Jizzax va Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida tergovchi, prokuror yordamchisi va bo‘lim katta prokurori, Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi prokurori, O‘zbekiston Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmati inspektori, Bosh prokuratura sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori lavozimlarida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют