» » Xorazmda turistik politsiya postlari tashkil qilindi

Xorazmda turistik politsiya postlari tashkil qilindi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 939-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Xorazm viloyatida xavfsiz turizm dasturi ijrosi yuzasidan Ezgulik patruli, Turistik politsiya postlari tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi ezgulik patrullari Urganch va Xiva shaharlarida jamoat tartibini saqlash, xorijiy sayyohlarga zarur xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Buning uchun ular zamonaviy aloqa vositalari, xizmat anjomlari bilan ta’minlangan va mazkur xizmatga xorijiy tillarni mukammal biladigan malakali xodimlardan tarkib topgan.

Mazkur xizmat vakillari xorijlik va ichki turistlarga zaruriy barcha xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют