» » Xorazm viloyatida ham “Ezgulik patruli” ish boshladi (foto)

Xorazm viloyatida ham “Ezgulik patruli” ish boshladi (foto)


Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimida “Ezgulik patruli” ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Viloyatda xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu guruh xorijiy tillarni biladigan malakali xodimlardan tarkib topgan.

“Patrul xodimlari Urganch va Xiva shaharlarida jamoat tartibini saqlash, shaharliklar va mehmonlarga soha bo‘yicha zarur xizmatlar ko‘rsatish barobarida o‘zlariga murojaat qilgan har qanday fuqaro bilan muloqotda samimiy, agar zarurat bo‘lsa, birinchi tibbiy yordam ko‘rsata oladi. Eng muhimi, zamonaviy aloqa vositalari va xizmat anjomlari bilan ta’minlangan ushbu xodimlar xorijiy tillarda erkin so‘zlasha oladi”, — deyiladi xabarda.

Bugungi kunda bu kabi “Ezgulik patruli” Xiva shahrining “Ichan qal’a” majmuasi, Urganch temir yo‘l vokzali va xalqaro aeroporti atrofida xizmat olib borayotgan bo‘lsa, kelgusida ularning safini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Xorazm viloyatida ichki ishlar organlarining otliq patrul guruhlari xizmati ham tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют