» » Buxoroda Bangladesh loyihalari asosida paxtani qayta ishlash zavodlari qurilishi mumkin

Buxoroda Bangladesh loyihalari asosida paxtani qayta ishlash zavodlari qurilishi mumkin


26-may kuni Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi Mosud Mannon hamda Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zaro munosabatlar va iqtisodiy aloqalarni yaxshilash, Bangladesh investorlarini jalb qilish, turizm sohasini rivojlanirish, ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, ho‘l va quruq mevalar eksporti kabi masalalar yuzasidan ikki tomon fikrlari o‘rtaga tashlandi.

Bundan tashqari, tekstil sohasiga doir masalalar yuzasidan ham o‘zaro fikrlar almashildi. Shuningdek, viloyat hokimi Buxoroda Bangladesh loyihalari asosida paxtani qayta ishlash zavodlarini qurish haqidagi takliflarini ham bildirib o‘tdi. Uchrashuvda ko‘rilgan barcha masalalar ijobiy hal qilinib, o‘zaro hamkorlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют