» » Toshkentda avtomobilni hujjatsiz boshqarayotgan haydovchi va uning yaqinlari YPX inspektorlariga tashlandi

Toshkentda avtomobilni hujjatsiz boshqarayotgan haydovchi va uning yaqinlari YPX inspektorlariga tashlandi


Toshkent shahridagi “Oltin topgan” blokpostida YPX inspektori U.Achilov tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilаdi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi xabar bermoqda.

Haydovchi, 24 yoshli X.Salohiddinning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega emasligi aniqlanadi. Shunda ichki ishlar xodimi qoidaga binoan mashina jarima maydonchasiga joylashtirilishini ma’lum qiladi. Bu esa Salohiddinning otasi va mashinadagilarga yoqmaydi. Ular YPX inspektorini turli gap-so‘zlar bilan chalg‘ita boshlaydi va fursatdan foydalangan haydovchi voqea joyidan qochib qoladi.

U. Achilov yordamga qo‘shimcha kuch chaqiradi. PPX serjanti Javohir Elmurodov hamda YPX inspektori Ulug‘bek Matmurodov qoidabuzar mashinasi ortidan boradi. Ular avtomobilini Bektemir tumanining Tinchlik ko‘chasida quvib yetadi va yo‘lini to‘sib to‘xtatadi. Ichki ishlar xodimlari bayonnomani rasmiylashtirish uchun haydovchidan pasportini so‘raydi.

Shu vaqtda qoidabuzarning otasi, 1967-yilda tug‘ilgan X. Hamidullo va uning yaqinlari — Surxondaryo viloyatidan kelgan N. Ismatillo, 1974-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan X. Nigora, 1992-yilda tavallud topgan, Toshkent shahrida yashovchi X. Nodira hamda 1995-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyatidan T. Otabek ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib xizmat vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qiladi.

Ular huquq posbonlariga nisbatan zo‘ravonlik qilib, YPX nozirining qo‘lidagi bayonnomani yirtib tashlaydi. Pogonlarini yulib olish uchun xodimlarga tashlanadi.

Ushbu holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют