» » Apple kompaniyasi App Store’da Telegram’ni yangilashni bloklab qo‘ydi

Apple kompaniyasi App Store’da Telegram’ni yangilashni bloklab qo‘ydi


Apple kompaniyasi aprel o‘rtasidan buyon App Store’da Telegram dasturining yangilanishini bloklamoqda, deb yozadi Meduza messenjer saytiga tayanib.

“Eng ko‘p beriladigan savollar” bo‘limida ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Android foydalanuvchilari dasturning yangilanmalarini olishda davom etmoqda, shu jumladan, Yevroittifoqning shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha yangi qoidalariga aloqador so‘nggi versiyani ham.

Nashr eslatishicha, “Roskomnadzor” 28-may kuni Apple kompaniyasiga xat yuborib, Rossiyada Telegram messenjerini tarqatishni va uning servis push-bildirishnomalarini yuborishni to‘xtatishni talab qildi. Idora Apple’dan bir oy ichida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berishni so‘radi, aks holda App Store’ning faoliyati buzilishi haqida tahdid qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют