» » Isroil HAMASni yarashuv haqida e’lon qilingan bir paytda yangi hujumlar uyushtirishda aybladi

Isroil HAMASni yarashuv haqida e’lon qilingan bir paytda yangi hujumlar uyushtirishda aybladi


HAMAS harakati Isroil ham shunday qilsa, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga va’da berdi, deb yozadi “RBK”. Isroil tomoni esa hujumlar davom etayotganini, tunda raketaga qarshi mudofaa tizimi bir nechta raketalarni to‘xtatib qolganini aytdi.

Xabarlarga ko‘ra, 30-may kuni ertalab Eshkol hududiga hujumlar davom etgan. Raketa turar joyga kelib tushgan. Bir harbiy xizmatchi yaralangan.

Isroil mudofaa armiyasi mamlakatning bir nechta tumanlarida havo trevogasi ko‘tarilgani va raketalar to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi.

29-may kuni G‘azo sektoridan uyushtirilgan hujumlarga javoban, Isroil armiyasi jangarilar infratuzilmasining 65 ta obyektiga zarbalar bergan.

29-may kuni G‘azo sektoridan ikki marta raketa hujumi bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют