» » Moskvadagi “Ramazon chodiri”da O‘zbekiston mezbonlik qildi

Moskvadagi “Ramazon chodiri”da O‘zbekiston mezbonlik qildi


Moskvada ochilgan “Ramazon chodiri”da O‘zbekiston kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Soat 18:00 ga yaqin bu yerga Moskvaning turli burchaklaridan musulmonlar oqib kela boshladi. 500 kishiga mo‘ljallangan ulkan chodirning ichi bir zumda odamga to‘ldi. Kelganlarning barchasi iftorda ishtirok etishlari uchun chodir tashqarisida ham bir necha stollar qo‘yildi.

Stollar ustida iftorlik uchun tayyorlab qo‘yilgan xilma-xil taomlar, non, somsa va suv qo‘yilgan, ko‘ngilli xizmat qiluvchi yosh yigit-qizlar likopchalar to‘la patnislar bilan stollar oralab tinimsiz harakatlanar edi.

Chodir markazida o‘rnatilgan sahnadan madaniy-ma’rifiy ma’ruzalar, jonli ijro etilayotgan chiroyli qo‘shiqlar hamda katta ekranda namoyish etilayotgan qiziqarli videolavhalar mehmonlarni bir zum ham zeriktirmadi.

Sahnadan diniy ulamolar, Moskva shahar ma’muriyati vakillari, O‘zbekistonga ziyorat sayyohatlari uyushtiruvchi kompaniya vakillari hamda mehnat migrantlariga kreditlar beruvchi tashkilotlar vakillari nutq so‘zladi.

Bu safargi tadbir Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi, o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi, bir necha tijorat kompaniyalari tomonidan, shuningdek, oddiy musulmonlarning xayr-ehsonlari evaziga tashkil qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют