» » AQShda besh marotaba yil shifokori deb topilgan nukuslik Joldas Quljonov O‘zbekistonga keldi

AQShda besh marotaba yil shifokori deb topilgan nukuslik Joldas Quljonov O‘zbekistonga keldi


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov AQShning yetakchi klinikalaridan biri — Sent-Luis universitetining ortopedik jarrohlik departamenti rahbari, taniqli mutaxassis Joldas Quljonov bilan uchrashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joldas Quljonov asli nukuslik bo‘lib, 1989-yilgacha Nikaraguada ishlagan. Shuningdek, “Paxtakor” futbol klubi shifokori sifatida faoliyat yuritgan. 1989—1995-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining travmatologiya va ortopediya bo‘limi rahbari bo‘lgan. Hozirda travmatolog-ortoped Joldas Quljonov AQShda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Quljonov AQShda har yili 700 dan ziyod eng murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazadi, universitet klinikasida qator davlatlarning travmatolog-ortopedlariga ta’lim beradi, dunyoning nufuzli tibbiyot markazlarida mahorat darslari olib boradi.

Joldas Quljonov besh marotaba AQShda yilning eng yaxshi shifokorlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Uchrashuv chog‘ida Quljonov 23-iyun—3-iyul kunlari Sent-Luis va San-Diyegodagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining neyroxirurg, neyrofiziolog, urolog, travmatolog-ortoped va boshqa shifokorlari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют