» » Zinedin Zidan: Biz xayrlashmaymiz

Zinedin Zidan: Biz xayrlashmaymiz


Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qilgani haqida biroz avval xabar berilgan edi. Zidan maxsus press-konferensiya? chog‘ida kelajakdagi rejalari haqida ham gapirib o‘tdi.?

Prezident aytganidek, biz xayrlashmaymiz. Men “Real” bilan butun umr yonma-yon bo‘laman. Ko‘pchilik uchun bu qaror ahamiyat kasb etmaydi. Ammo qaror men uchun juda dolzarb edi. Tanaffus qiladigan payt keldi. O‘ylashimcha, bu ham hamma uchun to‘g‘ri qaror. “Real” barcha muxlislariga ularning qo‘llab-quvvatlovi va muhabbati uchun katta rahmat aytaman.

Mavsum davomida o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz qiyin bo‘lgan vaziyatlar bo‘ldi, biroq muxlislarning qo‘llashi bizni yanada kuchli qildi. Men o‘yinchilarga tanaffus kerak deb o‘ylayman. Ularga oxirigacha maydonda kurashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi esa klub yechinish xonasida yangi ovozni eshitish vaqti yetdi.

Agar men jamoada qoladigan bo‘lsam, uning g‘alaba qozonishi qiyin bo‘lardi. Jamoa endi mening qarorimni biladi. Men har bir o‘yinchi bilan shaxsan ketishim haqida gaplashmadim. Lekin ularning hammasi endi bundan xabardor. Faqat jamoa sardori Serxio Ramos bilan gaplashgandim. Biz u bilan birga ko‘p narsani boshdan kechirdik, u qarorimni hurmat qiladi. U menga omad tiladi. Serxio jamoa yetakchisi va sardori. Ramos bilan 3 yil birga ishlaganimdan mamnunman. Hozir birorta jamoani boshqarish haqida umuman o‘ylamayapman.

Zinedin Zidan, “Real” sobiq bosh murabbiyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют