» » Zinedin Zidan: “Real” yana g‘alaba qozonishi uchun tanaffus kerak

Zinedin Zidan: “Real” yana g‘alaba qozonishi uchun tanaffus kerak


Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qilgani haqida biroz avval xabar berilgan edi. Zidan maxsus press-konferensiya? chog‘ida jamoani nima sababdan tark etayotganiga aniqlik kiritdi.

Men “Real”da ishlashni to‘xtatishga qaror qabul qildim. Bu kutilmagan vaqt, ammo jamoa yana g‘alaba qozonishi uchun tanaffus kerak, klubga yangi uslub va yangi metodika lozim. Shuning boisdan mazkur qarorga keldim. Men klub va uning prezidentiga katta muhabbat bilan yondashaman.

Zinedin Zidan

45 yoshli Zidan “Qirollik klubi”ni 2015/16-yilgi mavsumda qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogi, 2 marta Yevropa Superkubogi, 2 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga erishgan edi.

Zinedin ishlagan 3-yilda “Real” umumiy hisobda 9 ta sovringa ega chiqdi. Bu Zidandan avvalgi 6 murabbiyning 8 yil ichida qo‘lga kiritilgan sovrinlari bilan teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют