» » Garet Beyl maydondan chetlatilgani uchun “Real Madrid” futbolchilari oldida uzr so‘radi

Garet Beyl maydondan chetlatilgani uchun “Real Madrid” futbolchilari oldida uzr so‘radi


Madridning “Real” klubi La liga doirasida “Las-Palmas”ni mag‘lub eta olmay, chempionlik poygasini o‘zi uchun yanada murakkablashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Garet Beylning maydondan chetlatilishi “Real”ning keyingi daqiqalardagi o‘yiniga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Vaholanki, Beyl jarohatidan keyin ikki uchrashuvda gol urib, madridliklarga g‘alaba tortiq qilgandi.

Beyl maydondan chetlatilgani uchun jamoa oldida uzr so‘radi.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Beyl o‘z harakati uchun javob beradigan yoshda. Biz uni qo‘llaymiz, bunday holatlar futbolda bo‘lib turadi va umid qilamanki, mazkur holat mavsum yakuniga qadar boshqa takrorlanmaydi.

Marselo, “Real” a’zosi

“Las-Palmas” oson mag‘lub etilishi kutilgandi. Biroq amalda bunday bo‘lib chiqmadi. “Santyago Bernabeu” stadionida 3 ta gol urish har kimga ham emas.

Biz gol urishga qiynaldik va raqib o‘zini o‘nglab olishiga yo‘l qo‘yib berdik. Birinchi bo‘limda “Las-Palmas” to‘pni yaxshi nazorat qila oldi.

Beyl chetlatilgach esa jamoa o‘z harakterini namoyish etdi. Biz ikkita gol farqini yo‘qqa chiqarishga erishdik.

Hakamlarni muhokama qilmoqchimasman. Biz yaxshi futbol ko‘rsata olishimiz mumkin edi, biroq nasib qilmadi. Bizni qiyin taqvim kutib turibdi, endi oson bo‘lmaydi.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Juda qiyin o‘yin. Vaziyat shunday ediki, bizda yanada ko‘prog‘iga umid qilishning o‘zi qiyin edi. O‘yin qanday borganini yaxshilab o‘rganib chiqishimiz kerak.

Marselo, “Real” a’zosi

Опубликовано: admin (2-03-2017, 09:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют