» » O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tadbirkorlarni o‘zaro manfaatli hamkorlikka taklif qiladi

O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tadbirkorlarni o‘zaro manfaatli hamkorlikka taklif qiladi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tadbirkorlarni o‘zaro manfaatli hamkorlikka taklif qiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ajratiladigan yer maydonlarida namunaviy loyiha asosida potensial investorlarni jalb qilish va ular bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Davlat xizmatlari markazlari binolarini qurish nazarda tutilgan.

Mazkur loyihaga jalb qilingan investorlarga quyidagi imtiyoz va kafolatlar beriladi:

—tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha binolarni qurish uchun yer maydonlari ajratilishi;

—binoni qurish uchun tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda 10 yilga (shu jumladan besh yil imtiyozli davr bilan) kreditlar berilishi;

—qo‘shimcha bino qurib bitkazilgan kundan boshlab besh yil muddatga yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliqlaridan ozod qilinishi.

Shuningdek, hamkorlikka tayyor faol investorlarga faoliyati yuzasidan boshqarmaning tajribali huquqshunoslari tomonidan beminnat huquqiy yordamlar ko‘rsatib boriladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi 0371-230-32-48; 0371-230-32-49.

Shuningdek, tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga va hokimliklarga murojaat qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют