» » Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning yuragiga qo‘l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning yuragiga qo‘l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir


Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, mamlakatda “Obod qishloq” dasturi asosida qishloq joylar tartibga keltirilmoqda. Endi shaharlar uchun “Obod mahalla” dasturi ishlab chiqilmoqda.

Xirmontepa mahallasi tajriba tariqasida ushbu konsepsiya asosida obod qilindi. Hududda joylashgan 24 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi. Mahalla idorasi xodimlari, profilaktika inspektorlari uchun bino, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bemorlarga yordam berilmoqda.

Prezident mazkur mahalla faollari, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi va bolalar bilan suhbatlashdi.

“Odamlarning yuragiga qo‘l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Biz shu tarzda hamma mahallalarni birma-bir obod qilamiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют