» » Buxoroda “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida hududlarda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Buxoroda “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida hududlarda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi


Buxoro viloyatida “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida hududlarda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Buxoro viloyat qon quyish stansiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda ko‘ngillilar kelib, bemor bolalarni quvvatlantirish maqsadida qon topshirish aksiyasida jonbozlik ko‘rsatdi.

“Har kim o‘z xohishi bilan qon quyish stansiyamizga kelib, qon topshirdi. Bundan barchamiz mamnun bo‘ldik. Ushbu aksiyani tashkil etgan O‘zbekiston ‘Adolat’ SDP faollaridan minnatdormiz”, — deydi Buxoro viloyat qon quyish stansiyasi shifokori Samara To‘xtayeva.

“O‘zbekiston ‘Adolat’ SDP tomonidan tashkil etilgan ushbu aksiyaning targ‘iboti meni o‘ziga jalb etdi. Partiya viloyat Kengashi xodimlarining targ‘iboti ko‘ngillilarni birlashtirdi. Farzandlarimiz uchun birinchilardan bo‘lib qon berishga doim tayyormiz”, — deydi aksiya ishtirokchisi Ilhomjon Sharapov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют