» » Shavkat Mirziyoyev: Budjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham

Shavkat Mirziyoyev: Budjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham


29-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident majburiy mehnat haqida gapirdi, deb xabar qiladi “Kun.uz”.

“Budjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham tekkizdirmayman. Kimga kerak paxta? Korxonaga kerak. Qaysi korxona? Qayta ishlaydigan. O‘zining odamlari, o‘zi borib, pul to‘lasin, o‘zi yig‘sin. Abdulla Ne’matovich, sizga bir oy muddat. O‘tgan yili qancha qiynaldik. Butun dunyo hozir bolalar mehnati deb, o‘zimizni o‘zimiz ahmoq qilib yurganmiz. Qayerga bormasak, bolalar mehnati. Undan 2—3 milliard foydami, yoki undan ko‘ra obro‘ni, siyosatimizni joyiga qo‘yish kerakmi. Shuning uchun bir oy muhlat, o‘tgan yilgi tajribani qo‘llash lozim. Hech qanday, bironta bolalar mehnati, majburiy mehnat kerak emas. Mana qancha to‘qimachilik kombinatlarimiz bor, o‘zlari borib, o‘zining paxtasini o‘zi terib olaversin.

Mana klaster qilyapmiz, og‘ir damlardan o‘tib olishimiz kerak. Hozir bizga do‘stlar ham ko‘p, lekin dushmanlarimiz ham ko‘p. Aytmoqdamanku, har kuni bitta maqola chiqyapti. Toshkent hech qayerga bormaydi, Toshkentning o‘z yo‘li bor!”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют