» » Huquq himoyachilari mehnat huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha qayta aloqa kanalini yaratishni taklif qildi

Huquq himoyachilari mehnat huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha qayta aloqa kanalini yaratishni taklif qildi


O‘zbekiston fuqarolik huquqlari himoyachilari aholining majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik haqida huquqiy ongi hamda xabardorligini oshirish uchun qayta aloqa kanalini va o‘zaro hamkorlik mexanizmini yaratishni taklif qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Ushbu taklif 13-noyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki, Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti vakillari va O‘zbekiston fuqarolik huquqlar himoyachilari — Shuhrat G‘aniyev, Yelena Urlayeva, O‘ktam Pardayev, Hayitboy Yoqubov va boshqalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilgari surildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining maslahatchisi Kari Tapiola O‘zbekistonning joriy yilda paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish borasidagi ijobiy harakatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Human Rights Watch vakili Stiv Sverdlov inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi hisobotini ijobiy baholaganini qayd etdi.

Uchrashuvda munosib mehnat sharoitlarini yaratish, paxta yig‘im-terimida majburiy hamda bolalar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют