» » O‘zbekiston va Pokiston tarixda birinchi marta hamkorlikda iftorlik o‘tkazdi

O‘zbekiston va Pokiston tarixda birinchi marta hamkorlikda iftorlik o‘tkazdi


O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va “O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar Kengashi”hamkorligida ikki tomonlama munosabat tarixida birinchi marta Islomobod shahrining Marriott mehmonxonasida iftorlik marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Unda Pokiston hukumat vakillari, siyosiy tashkilotlar, ziyolilar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, “Naqshbandiya” ordeni sohiblari, o‘zbek diasporalari vakillari qatnashdi.

Iftorlikning faxriy mehmonlari Pokiston poytaxti hokimi Shayx Ansar Aziz, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Zoxir Janjua, shuningdek, Islomobod Savdo-sanoat palatasi prezidenti janob Ravalpindi bo‘ldi. Marosimda Tabani Group, Diners Group, Arshad&Co. singari yirik kompaniya vakillari qatnashdi.

Mehmonlarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot kataloglari va ziyorat turizmi bo‘yicha turli risolalar tarqatilgan. Bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonda haj safarlari, respublikaning tarixiy shaharlari haqidagi video-roliklar ham namoyish etildi.

Mehmonlar O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi tomonidan iftorlik dasturi tashkil etilishi ushbu mamlakatda diniy va millatlararo bag‘rikenglikni himoya qilish hamda rivojlantirish singari insonparvar siyosat olib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют