» » Lahorda Pokiston—O‘zbekiston savdo-madaniy markazi ochildi

Lahorda Pokiston—O‘zbekiston savdo-madaniy markazi ochildi


Lahorda Pokiston—O‘zbekiston savdo-madaniy markazi ochildi. Bu haqda “Jahon” xabar bermoqda.

Markazning ochilish marosimida Lahor meri M. Javod, Panjob savdo-sanoat palatasi rahbariyati, viloyatning 80 dan ortiq yirik kompaniyalari va turoperatorlari vakillari ishtirok etdi.

Pokistonning Karachidan keyingi ikkinchi yirik shahrida faoliyatini boshlagan markaz O‘zbekiston tovar va xizmatlarini ilgari surish, savdo va investitsiyaviy aloqalarning yangi yo‘nalishlarini izlash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, markaz o‘zbek eksportchilariga Pokiston bozorini o‘rganishga, tadbirkor va turoperatorlarga esa ikki tomonlama hamkorlik borasida ko‘mak beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют